Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan “Milliy media mahsulot yaratishda ayollar siymosi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati,  Vazirlar Mahkamasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlik va idora vakillari,  Xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda Birlashmaga a’zo nodavlat teleradiokanallarning o‘z o‘rni va so‘ziga ega ayol xodimlari, ayol blogerlar bir maqsad, bir g‘oya ostida, bir nuqtada birlashdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisi  Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berdi hamda barchani Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan tabriklab, milliy media mahsulotlarini yaratishda nodavlat teleradiokanallarning ishtirokiga e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘zladi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Senat qo‘mita raisi Malika Kadirxanova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva,   Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, “Adolat” partiyasi yetakchisi Robaxon Maxmudovalar o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.