Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Ozarbayjondagi vakolatxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Qo‘mita binosida Delegatsiya a'zolari va Qo‘mita raisi Ozoda Parpiboyeva o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi 

18 nafardan iborat delegatsiya a’zolari tarkibida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Ozarbayjondagi vakolatxonasi  loyiha rahbarlari, mas’ul xodimlari, shuningdek, Ozarbayjonning bir qator hududlarida tashkil etilgan ayollar resurs markazlari rahbarlariga mamlakatimizda, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,  ularni har tomonlama  qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash, shuningdek, gender zo‘ravonlikni bartarab etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.