Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bosh vazir o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova Poytaxtimizning Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurib, oila, mahalla hamda xotin-qizlar bilan ishlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijadorligini ko'zdan kechirdi.  

Dastlab, qo'mita raisi Z.Mahkamova tumanda joylashgan Respublika bolalar markazida bo'lib, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Bolalarni himoyalash seksiyasi boshlig'i Antoniya Lyudike xonim bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar bolalar huquqlarini ta'minlashda o'zaro hamkorlik tizimi muhim rol o'ynashini ta'kidlashdi. 

Shundan so'ng markazda soha mutaxassislari uchun "Ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishda ijtimoiy ish amaliyotini qo'llash va keys-menejment asoslari" mavzusidagi yetti kunlik o'quv-seminari boshlandi.