Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Joriy yilning 18-19 avgust kunlari poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar xotin-qizlarining Xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur forumda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash, muammolarini aniqlash va bu borada o‘zaro tajriba almashishni ko‘zda tutishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalishda ShHTga aʼzo davlatlar vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirishga ham jiddiy eʼtibor qaratiladi. 

Xotin-qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar bilan muloqotlar, V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Asosiy maqsad esa ishtirokchi davlatlarni o‘rtasida xotin-qizlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, faoliyati imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir. Shu bilan birga mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi jarayonlar xususida batafsil o‘rtoqlashiladi. Qolaversa, bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor, Oila va xotin-qizlar davlatimiz qo‘mitasi tizimida ayollarning ijtimoiy himoyasiga doir ilg‘or tajribalar, ayol va qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oila va turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid mamlakatimizdagi mavjud keng imkoniyatlarni ham targ‘ib etish rejalashtirilgan.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar xotin-qizlarining forumida O‘zbekistonda oila va ayol-qizlarga bo‘lgan eʼtibor, bu borada huquqiy-meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarning hayotda o‘z ifodasini topayotganiga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Qolaversa, hamkorlikning yangi-yangi qirralarini ochish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va muammolarni birgalikda hal etish yo‘llari haqida ham keng qamrovli muzokara va muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.