Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Farg‘ona davlat universitetida "INNOWOMENWEEK" - xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi doirasida "Tabiat, ekologiya va ayol" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Xotin-qizlar o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi rahbari, t.f.d.,professor Karima  Norqulova tomonidan  maʼruza qilindi va kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminarda  Gender tadqiqotlar markazi rahbari, t.f.d.professor T.Egamberdiyeva, f.f.d.professor Sh.Iskandarova, p.f.n., dotsent N.O‘rinova va boshqa olima  ayollar maʼruza qilishdi. Seminar doirasida tashkil qilingan ko‘rgazmada xotin-qizlarining fan va texnika, ekologiya hamda axborot texnologiyalari  yo‘nalishida erishgan  yutuqlari bilan tanishildi.