Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Forum doirasida xotin-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Joriy yilning 3 iyun kuni Toshkent davlat texnika universitetida "Fan-texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusidagi xotin-qizlar forumi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirok etdi va o‘z tabrik so‘zida forum ishiga  hamda olima ayollar faoliyatiga omad tiladilar.

Forumda 125 nafar olima va doktorant  ayollar va talaba qizlar o‘zlari amalga oshirayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari asosida tayyorlangan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.