Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Izboskan tumanida 2022 yil 12 sentyabr kuni To‘rtko‘l MFYda yashovchi fuqaro Abduraxmonov Azamatjon oilaviy kelishmovchilik oqibatida Guzar MFYda yashovchi qaynonasi Rasulova Maxbubaxon, turmush o‘rtog‘i Rasulova Shoxsanam, qayn ukasi Rasulov Xojiakbarlarni pichoq bilan urib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Hozirda jabrlanuvchi Rasulovlar oilasida oilani katta farzandi Rasulov Abbosbek Akmaljon o‘g‘li (1995 yilda tug‘ilgan) yashab kelmoqda. Fuqaro Rasulov Abbosbek bugungi kunda tuman ichki ishlar bo‘limida nazoratchi (yollanma ishchi) bo‘lib ishlab kelmoqda. Fuqaroning xatti-xarakatlari tuman IIB tomonidan nazoratga olingan. Jabrlanuvchi Rasulova Shoxsanamxonning 9-oylik farzandi Abdulaxatov Abdumalik Azamatjon (07.12.2021 yilda tug‘ilgan) o‘g‘li Shoxsanamxoninng xolasining o‘g‘li Axmedov G’ulomjonning (tadbirkor) qaramog‘ida bo‘lib, chaqaloqning sog‘ligi yaxshi, Axmedov G’ulomjonga vasiylik asosida berish uchun hujjatlari tuman hokimligiga taqdim etilgan.

Jinoyatchi  Abduraxmonov Azamatjon yashab kelgan xonadonda uning ota Eshqoraev Abdulaxat (nonvoy), onasi Eshqoraeva Anoraxon (fermer xo‘jaligida ishchi), ukasi Abduraxmonov Azizbeklar (Qirg‘izistonda davlat universiteti talabasi) birga yashab kelmoqda. Oila a’zolari xammasi tinch, sog‘ligi yaxshi. Ushbu oilaga hech qanday taziyq o‘tkazish holatlari mavjud emas.

O’rganish davomida ikki oila o‘rtasida hozirda xech qanday nizolar mavjud emasligi aniqlandi.