Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2022 yil 2 sentyabr kuni soat taxminan 15:20 larda Zarbdor tumani, Yangihayot MFY, Diyorobod ko‘chasi, 6-uyda yashovchi, 02.03.1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Ixchamov Xusan Ixtiyorovich yashash xonadonida 12.10.1985 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Ixchamova Gulnora Abdikarimovna bilan o‘zaro og‘zaki tortishib janjallashb qolib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal vaqtida X.Ixchamov turmush o‘rtog‘i G.Ixchamovaning ko‘krak qafasi chap tomoniga o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marta urib, hayot havfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada G.Ixchamova voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Zarbdor tuman bo‘limi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Zarbdor tuman Yangihayot mahallasi xotin-qizlar faoli bu oila bilan doimiy suhbatda bo‘lgan. Oila doimiy nazoratda bo‘lgan. Marhuma G.Ixchamovaga mahalla xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan joriy iyul oyida oiladagi nizolar sabab himoya orderi ham berilgan. Bir necha bor oilaga tushuntirish ishlari olib borilgan. Ming afsuski, shuncha tushuntirish ishlariga qaramasdan 2022 yil 2 sentyabr kuni fuqaro X.Ixchamov o‘z oilasida turmush o‘rtog‘i G.Ixchamovaning hayotiga zomin bo‘ldi. Bugungi kunda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi oilaning farzandlari bilan suhbatlashib, ularni marhumaning qarindoshlari qaramog‘iga topshirishgan.

Xuddi shunday Jizzax viloyatining G’allaorol tumanida ham 2022 yil 02 sentyabr kuni soat 02-00 da, G’allaorol tumani Baxt MFY U.Alamkash ko‘chasida yashovchi 19.06. 1982 y.t. cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi Sulaymonov Farxod Xabibullaevichning xabariga ko‘ra,  2022 yil 02 sentyabr kuni soat 02-00larda, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i uy bekasi 1987 y.t. Egamberdieva Sharofat Baxriddinovnani “o‘zaro janjal”oqibatida temir jisim bilan bosh qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan.

Oqibatda Egamberdieva Sharofat Baxriddinovna olgan tan jarohati yuzasidan sog‘lig‘i yomonlashib “bosh miya ochiы jaroxati, miya asosidan sinish, bosh miya o-ir daraja lat yeyishi, miya komasi, boshning chap qosh soxasi urib yirtilgan jaroxat, tromatik shok og‘ir darajada” tashxisi bilan G’allaorol TMKning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

G’allaoroldagi holat yuzasidan ham viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda G’allaorol tuman bo‘limi mazkur oila bilan suhbatlashgan. Sh.Egamberdievaning turmush o‘rtog‘i F.Sulaymonov 2022 yil avgust oylari boshida ishlab pul topish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Olmata viloyatiga ketib, u yerda biroz ishlab shu yilning 29 avgust kuni o‘z yashash manziliga qaytib kelganligi, kelgan kunidan boshlab F.Sulaymonovning turmush o‘rtog‘i Sh.Egamberdieva “nega kelding o‘sha yerda ishlab yuravermaysansmi” deb o‘ziga yaqinlashtirmaganligi  sababli ular o‘rtasidasidagi janjal bo‘la boshlaganligi, 2022 yil 1 sentyabr kuni soat taxmina 20-00 larda oila a’zolari bilan birgalikda kechki ovqatni yeganligi, ovqatlanib bo‘lgach F.Sulaymonov uyiga uxlash uchun kirgan vaqtida Sh.Egamberdieva “ket” deb janjal qila boshlaganligi oqibatida F.Sulaymonovning qo‘l telefoni va yotoqxonasidagi televizori singanligi, tungi soat 01-30 larda F.Sulaymonov turmush o‘rtog‘iga yaqinlashgan vaqtida Sh.Egamberdieva uyqudan uyg‘onib “yo‘qol yaqinlashma” deb aytgan vaqtida F.Sulaymonov bu gapdan jahli chiqib hovliga chiqib taxminan 50 smli armoturani olib xonaga qaytib kirib, tushukda uyg‘oq yotgan turmush o‘rtog‘i Sh.Egamberdievaning bosh qismiga armatura bilan bir necha marotaba urib tan jaraohati yetkazganligi aniqlangan. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi qamoqda saqlanmoqda.

G’allaorol tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mazkur oila bilan doimiy aloqada bo‘lib turgan. Marhuma Sh.Egamberdievaga moddiy va ma’naviy yordamlar berib borilgan.

Yuqoridagi har ikkala holatda ham oiladagi zo‘ravonlikning bir ko‘rinishiga guvoh bo‘lish mumkin. Har ikkala oilaga ham bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilgan, ogohlantirilgan, himoya orderlari berilgan. Oilani tinchligini saqlash, mustahkamlash borasidagi barcha ishlar ko‘rilgan bo‘lsada, oilada jinoyat sodir etildi. Bugun 7 nafar go‘dak ham onasiz ham otasiz qoldi. Mazkur holatlardan boshqalar ham xulosa chiqarishlari uchun viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Prokraturasi, IIB va mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugun jamiyatda hamon ayollarga nisbatan turli zo‘rlik va tazyiqlarning uchrab turishi bizni yanada xushyorlikka chorlamoqda. Biz oilalarni mustahkamlgini saqlashni bosh maqsad qilgan bo‘lsakda, ammo oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish birinchi masala bo‘lib turibdi. Bu borada Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan qator chora-tadbirlarni olib bormoqda. Holat yuzasidan to‘g‘ri xulosa chiqarishingizni so‘raymiz. Ayollarga nisbatan zo‘rlik va tazyiqlarning oldini olishda jamoatchilik nazorati ham muhim ekanligini unutmaylik.