Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

October 13, 2022

Fuqaro Gʻafurova Sevara Abdumannopovna 03.12.1979 yilda tug‘ilgan, 5 nafar farzandlari bor.

Ushbu fuqaro bir necha yildan buyon Toshkent shahrida yashab kelganligi hamda o‘zining jamiyatda yurish-turish va insoniylik qoidalariga rioya qilmaganligi hamda Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘lmaganligi sababli Toshkent shahridagi ayollar reabilitasiya markaziga 2021 yilning 17 sentyabridan 2022 yilning 9 fevraliga qadar joylashtirilgan. S.Gʻafurova reabilitasiya markazida 5 nafar farzandi bilan yashab kelgan. U, reabilitasiya markazidagi sog‘lom hayot tarziga qaytarilayotgan ayollarni ham o‘z domiga tortib, g‘arazli niyatlarda, davlatdan norozi kayfiyatda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishga undab kelgan. 9 fevral kuni Toshkent shahridagi reabilitasiya markazida yashab kelayotgan fuqaro S.Gʻafurovani Farg‘ona viloyatiga olib ketish uchun borilganida, fuqaro tomonidan quyidagi talablar o‘rtaga qo‘yildi.

Jumladan: Uni MFYning “Temir daftar” ro‘yxatiga olish, Onasining uyida yashashni istamasligi, Yangi O‘zbekiston talabiga javob beradigan zamonaviy uy joy bilan ta’minlanishi, Onasining uyidagi isitish tizimini qaytadan ta’mirlash, kontrakt to‘lovlarini qoplab berish, o‘qishi davomida Toshkent shahrida ijara asosida turishi va ijara pullarini davlat tomonidan to‘lab berilishi kabi talablarni qo‘ygan.

Fuqaro S.Gʻofurova, 2022 yilning 9 fevral sanasida Rishton tumaniga vakillar bilan birga qaytib borgan.

Dastlab fuqaroning yashash xonadonida sharoit yaratish uchun muddat talab etilganligi bois, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Bekmirzayevaning iltimosiga binoan, “Miskin” MFYda yashovchi tadbirkor M.Polvonovaning xonadoniga 5 nafar farzandi va onasi bilan birga 7 kishini joylashtirishgan.

10 fevral sanasida T.Tojiyeva va M.Bekmirzayevalar birgalikda, fuqaroning xonadonida yashash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida borilib, barcha kerakli ishlar amalga oshirilgan xolda, 10 dan ortiq obodonlashtirish xodimlari tomonidan tartibga keltirish ishlarida qatnashib, xonadon ichkarisi va tashqarisidagi chiqqan 2 mashina musorlar toza hudud xodimlari tomonidan olib ketildi.

S.Gʻafurovaning xonadoni, elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorligi bo‘lganligi sababli, tarmoqdan uzilganligi aniqlanib, tuman hokimi S.Soliyevning topshirig‘iga asosan, elektr va tabiiy gaz tarmog‘iga ulab mutassadilar tomonidan yoqib berilgan.

S.Gʻafurova olib borilgan sa’y-harakatlarga qaramasdan, ushbu xonadonida yashash istagi yo‘qligi va fuqaroga tumandagi ko‘p qavatli bir necha xonadonlar tavsiya etilishiga qaramay, uning ko‘ngliga to‘g‘ri kelmaganligini bildirib rad etdi.

Shuningdek, 2020 yilda oilani moddiy ta’minotini yaxshilash va turmush o‘rtog‘ining bandligini ta’minlash maqsadida tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida 0.06 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berilgan.

Tuman Xalq banki orqali imtiyozli kredit asosida 3 bosh qora mol va unga yetarli ozuqa bilan ta’minlangan.

28.07.2021 yil kuni tuman hokimi S.Soliyev va Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Bekmirzayevalar tomonidan fuqaro S.Gʻafurovaga 2 mln 120 ming so‘m naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam berilgan.

02.09.2021 yil kuni tuman “Saxovat va ko‘mak” markazi tomonidan 8 xil turdagi jami 450 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari xonadonga olib kirib berildi. Bundan tashqari uning shaxsiy plastik kartasiga tuman imom xatiblari tomonidan 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berilgan.
Bundan tashqari, Oliy o‘quv yurtida kontrakt asosida o‘qiyotganligi bois Rishton tumanidagi homiylar hisobidan 5 000 000 (Besh milion) so‘m naqt pul ko‘rinishida kontrakt to‘lovi uchun berilgan.

Bundan tashqari, 2021 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilinganidan keyin, Bosh prokuratura tavsiyasi asosida Universitet talabalar yotoqxonasiga joylashtirilgan.

Joriy yil 13 oktyabr kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova fuqaro S.Gʻafurovani qabul qilgan bo‘lsa-da, murojaatchi tomonidan “Z.Mahkamova meni qabul qilmasdan mashinasiga o‘tirib ketdi” deb ijtimoiy tarmoqqa videomurojaat joylagan. Vaholonki, fuqaro S.Gʻafurovani Qo‘mita raisi Z.Mahkamova tongda ham, xuddi shu kuni ikkinchi marotaba tushdan keyin ham shaxsan qabul qilgan. Va qilgan murojaatini ijobiy tomonga hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq bergan hamda shaxsiy nazoratiga olganini ma’lum qilgan.

Qo‘mita raisi hamda mutasaddilari tomonidan har bir murojaatchi bilan individual tartibda yondashib, muammolarini to‘liq va har tomonlama o‘rganib, ularni qonun doirasida xal etib kelmoqda.

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati https://t.me/davlatqomita/4729