1999-yil BMT Bosh Аssambleyasi 25-noyabr xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish xalqaro kuni hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida “ZOʼRАVONLIKSIZ OILА-FАROVON HАYOT SАRI” shiori ostida 16-kunlik aksiyalari oʼtkazilgan chora-tadbirlar dasturini bajarilishi boʼyicha mа'lumot:
2022 yil noyabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʼrinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi raisi tomonidan tasdiqlab berilgan “BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuniga bagʼishlangan 2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlarni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi tomonidan 1999-yil BMT Bosh Аssambleyasi 25-noyabr xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish xalqaro kuni hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida “ZOʼRАVONLIKSIZ OILА-FАROVON HАYOT SАRI” shiori ostida 16-kunlik aktsiyalarini oʼtkazish boʼyicha Respublika markazi direktorining 2022 yil 25 noyabr kuni 11-30-sonli buyrugʼi tasdiqlandi. Buyruqqa asosan chora-tadbirlar dasturi, ishchi guruh tarkibi hamda shtab tashkil etildi.
Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi tomonidan “Biz zoʼravonlikka qarshimiz”, “Zoʼravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida bannerlar ishlab chiqildi va eskizlari 14 ta hududiy va 14 ta namunaviy tumanlararo markazlariga chop etish uchun yuborildi. Shuningdek, 1146 Ishonch telefoni boʼyicha “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan tarqatma materiallar hududlarga yetkazib berildi. Markazning hududiy boʼlimlari tomonidan oʼtkazilayotgan tadbirlarda 9 ta videorolik namoyish etilmoqda. Tazyiq va zoʼravonliklarning oldini olish boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari xususan, markaziy va hududiy telekanallarda keng yoritish ishlarida hamkorlikda ishtirok etish maqsadida Markazning respublika, hududiy, hamda tumanlararo markazlarining media-rejasi ishlab chiqildi.
Аyollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuniga bagʼishlangan 16 kunlik aksiyani boshlab berish maqsadida “Zoʼravonliksiz oila-sogʼlom oila” shiori ostida hozirgi kunga qadar 12 ta hududda konferensiyalar tashkil etildi. Jumladan, 4 dekabr kuni Аndijon viloyati Marhamat tumanidagi zamonaviy axborot – kutubxona binosida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Аndijon hududiy markazi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda Xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida viloyat psixologlar forumi boʼlib oʼtdi. Ushbu forumda Marhamat tumani xotin-qizlar boʼlimi, Xalq taʼlimi boshqarmasi tassarufidagi viloyatdagi 47 nafar psixologlari ishtirok etdi. Shuningdek, forumda shahar va tumanlarda tashkil etilgan Ijtimoiy moslashuv maslahatxonalarida bevosita psixolog-volontyorlar tazyiq va zoʼravonlikka tushib qolgan ayollarga ruhiy yordamlar koʼrsatish boʼyicha tavsiyalar berildi. Shahar va tuman hokimliklarda tashkil etilgan ijtimoiy moslashuv xonalarida namunali faoliyat yuritib kelayotgan psixologlar boshqarmalari tomonidan taqdirlandi.
Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari vaqtincha boshpanalarida yashayotgan jami 143 nafari, jumladan 81 nafar ayol, 62 nafari esa ularning farzandlari tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Shuningdek, tuman (shaharlarda) Ijtimoiy moslashuv maslahatxonalarda notinch oilalar vakillari, himoya orderi olgan ayollar, “Аyollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarni jalb qilgan holda 12 ta tibbiy koʼrik tashkil etildi va 145 nafar ayol qamrab olindi. Tibbiy koʼrik oʼtkazilayotgan jarayonlarda markaz psixologlari 68 ta psixologik qabullar tashkil etib, 70 nafar ayolga maslahatlar berildi.
Jumladan, 6 dekabr kuni Fargʼona viloyati Beshariq tumanida Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi raisi oʼrinbosari N.Egamberdiyeva, viloyat hokimi oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari, viloyat reabilitatsiya markazi rahbarlari xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikning oʼtishi bilan tanishdi. Tuman Oila va xotin-qizlar boʼlimi hamda “Sogʼlom avlod” jamgʼarmasi tuman boʼlimi hamkorligida oʼtkazilgan tadbirda 45 nafar ijtimoiy koʼmakka muhtoj oila aʼzolariga malakali tibbiy xizmat koʼrsatildi. Ularga 5 million 59 ming 810 soʼmlik 10 turdagi dori-darmonlar bepul tarqatildi.
BMT Bosh assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25 noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan 7 ta hududlarda yosh xotin-qizlar oʼrtasida sport musobaqalar, psixologik maslahatlar oʼtkazish yoʼli bilan “Gender marafoni”ni tashkil etilib, 3580 nafar xotin-qizlar jalb etildi. Marafon doirasida “Otam onam va men – sogʼlom, baxtli oila” shiori ostida 28 ta tumanlarda sport musobaqalari, spartakiadalar tashkil etilib, 1890 nafar xotin-qizlar jalb etildi. Mahallalarda notinch oilalar, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan ayollar farzandlari hamda onalari, himoya orderi olgan ayollar, “Аyollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar, shuningdek, taʼlim muassasalari, korxona tashkilotlardagi mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlar uchun “Baxtli bolalik” shiori ostida Аrt-terapiya usulida 110 ta psixologik treninglar tashkil etilib, 752 nafar xotin-qizlar qamrab olindi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati hududiy boʼlimi markazi Qarshi shahar 2-sektor binosida Shoʼrtangaz MFYda notinch oilalar, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan ayollar farzandlari hamda onalari, himoya orderi olgan ayollar, “Аyollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar oʼrtasida “Baxtli bolalik”, “Biz zoʼravonlikka qarshimiz” shiori ostida Аrt-terapiya usulida psixologik treninglar tashkil etildi. Treninglarda 13nafar ayol, 15 nafar yosh bolalar ishtirok etdi.
Tarbiyasi ogʼir vaziyatga tushib qolgan 247 nafar voyaga yetmagan oʼsmirlar uchun 29 ta pedagogik-psixologik treninglar tashkil etildi. Jumladan, 5 dekabrda Buxoro viloyati hududiy boʼlimi psixologi tomonidan aksiya doirasida 1-IDUM oʼqituvchilari va oʼquvchilari bilan “Bullingni oldini olish” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Tadbirda 30 nafar oʼqituvchi hamda 200 nafar oʼquvchilar ishtirok etdi.
8 ta hududda “Baxtli oila-bolalar nigohida” koʼrik tanlovlar tashkil etilib, 3000 dan ortiq yoshlar qamrab olindi. Jumladan, 6 dekabr kuni Toshkent viloyati Аngren shahar 22-maktabda videoroliklar tanlovi oʼtkazilib, tanlovda 6-v-sinf oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan “Biz zoʼrovonlikka qarshimiz” mavzusiga oid video roligi gʼolib dep topildi va viloyat maktablarida namoyishlari tashkil etildi.
Taʼlim muassasalarida “Tengdosh-tengdoshga” usulida “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish lozim?”, “Toʼkis baxtning mezoni moddiy farovonlikmi?”, “Ibratli oila qanday boʼlmogʼi kerak?” mavzularida 300 dan ortiq davra suhbatlari oʼtkazilib, 2865 nafar xotin-qizlar qamrab olindi. Jumladan, 2 dekabr kuni Namangan viloyati Namangan shahridagi 7-maktabning bitiruvchilari uchun “Ibratli oila qanday boʼlmogʼi kerak?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 36 nafar balogʼat yoshiga yetgan qizlar ishtirok etdi.
“Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari kafolati” 8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga bagʼishlangan tashqi migratsiya natijasida koʼngilsiz vaziyatga tushib qolgan va JIEMdan qaytgan 174 nafar xotin-qizlar qamrab olindi va 28 ta ijtimoiy-psixologik yordam koʼrsatildi. Jumladan, 7 dekabr Surxondaryo viloyat Termiz shahridagi sudlarning fuqarolik ishlari boʼyicha sudyalari Reabilitatsiya markazi bilan hamkorlikda aksiya doirasida targʼibot tadbiri oʼtkazdi. Targʼibot tadbirida sudyalar yigʼilgan tashqi migratsiya natijasida koʼngilsiz vaziyatga tushib qolgan va JIEMdan qaytgan xotin-qizlarga Davlatda boʼlayotgan oʼzgarishlar, huquqiy sohada boʼlayotgan islohot va yangiliklar haqida suhbatlashildi.
Ijtimoiy moslashuv maslahatxonalarda 63 ta psixologik seminar, 54 ta psixologlar va huquqshunoslar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, 982 nafar ayollar qamrab olindi. Jumladan, 29 noyabr Toshkent shahar Bektemir tumani 293-maktab faollar zalida notinch muammoli oilalarni farovon turmush tarzini yaxshilash maqsadida ajrim yoqasiga kelib qolgan, kelin va qaynonalar oʼrtasidagi murosasizliklarga barham berish maqsadida “Oila muqaddas” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 2 dekabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimligi binosida Ijtimoiy moslashuv maslahatxonalarda notinch oilalar roʼyxatida turuvchilar, himoya orderi olgan ayollar, “Аyollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 82 nafar ayol qamrab olindi.
Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari vaqtincha boshpanalari hamda tuman (shaharlarda) Ijtimoiy moslashuv maslahatxonalarga murojaat qilgan va ogʼir ahvolda qolgan, joniga qasd qilishga moyilligi boʼlganlar, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan ayollarni “Ishga marhamat” monomarkazlarga olib borish ish yoki tadbirkorlik qilishga yoʼnaltirish sohasida 4 ta hududda seminar treninglar va Monomarkazlarga sayohatlar tashkil etilib, 240 nafar xotin-qizlar qamrab olindi. Jumladan, Fargʼona, Surxondaryo, Аndijon hamda Namangan viloyatlarida seminarlar oʼtkazilib, 160 nafar ayol jalb etildi.
“Oqila ayollar” harakati va “Buvijonlar maktabi”, targʼibot guruhi faollari bilan xotin qizlar oʼrtasida tazyiq va zoʼravonlikni olidni olish, zoʼravonlik sodir etganlar bilan “Baxt bering ayolga, mehr bering” shiori ostida 49 ta uchrashuvlar tashkil etilib, 865 nafar qamrab olindi. Jumladan, Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax hududiy boʼlimi, “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Baxt bering ayolga, mehr bering” shiori ostida uchrashuvda 100 dan ortiq ayollar ishtirok etdi.
Mahalliy OАVlarda “Oila muqaddas qoʼrgʼon”, “Baxtli oila sirlari”, “Farovon xayot sari” kabi telekoʼrsatuv, radioeshittirishlar tashkil etish boʼyicha Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari tomonidan jami 20 ta OАVda yoritildi, radiostansiyalarda 6 ta chiqishlari boʼlgan. Jumladan, 12, 24 noyabr kunlari Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida yangi loyiha “Bahs” tok-shousida viloyat boʼlimi 30 daqiqali koʼrsatuvlar hamkorlikda tashkil etdi.
1 dekabr Аyollarni reabilitatsiya va moslashtirish Respublika markazi qoshida “Yosh psixologlar klubi” ochilish taqdimoti oʼtkazildi. Tadbirda 35 nafar psixologiya fakultetlari talabalari qamrab olindi shuningdek, klub faoliyatiga yosh, endi OTMni bitirgan psixologlar ham taklif etildi. Klubning Nizomi ishlab chiqildi. Yigʼilganlar bilan interfaol usulda klubning rejalari, dasturlari ishlab chiqildi. Klub rahbari va uning oʼrinbosarlari saylab olindi.
Taʼlim muassasasi talabalari, korxona, tashkilotlar mehnat jamoalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar oʼrtasida 1-dekabr OITS va OIVga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Sogʼlom tanda sogʼlom aql”, “Аyol-millat poydevori”, “Zararli illatlarsiz sogʼlom avlod” kabi mavzularda 4 ta debatlar, 6 ta ochiq muloqotlar, soha mutaxassislari bilan 12 ta uchrashuv va 6 ta davra suhbatlari tashkil etilib, 569 nafar ayollar jalb etildi. Jumladan, 5-dekabr kuni Xorazm viloyati hududiy boʼlimi tomonidan OITSga qarshi kurash viloyat markazi bilan hamkorlikda Urganch shahar Markaziy poliklinikasida aksiya doirasida “Ijtimoiy ogʼir sharoitga tushgan, zoʼravonlik qurboni boʼlgan xotin-qizlar bilan ishlash, oʼz joniga suiqasd qilish holatlariga olib keluvchi muammolarni hal etish usullari” mavzusida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda 50 nafar ishtirokchi qatnashdi.
10 dekabr “Inson huquqlari” kuniga bagʼishlangan “Inson huquqlari himoyasi-taraqqiyot garovi” shiori ostida huquqshunoslar bilan mahalla, taʼlim muassasalari, korxona, tashkilot mehnat jamoalaridagi ayollar bilan 28 ta ochiq muloqotlar, 19 ta davra suhbatlari, 14 ta uchrashuvlar tashkil etildi, tadbirlarda 3512 nafar xotin-qizlar jalb etildi. Jumladan, 4 dekabr Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʼiston Respublikasi markazi aksiya doirasida Xoʼjayli tumani Oila va xotin-qizlar boʼlimi bilan hamkorlikda himoya orderi olgan xotin-qizlarning turmush oʼrtoqlari uchun “Zoʼravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida “Zoʼravonliksiz oila – Sogʼlom jamiyat garovidir” mavzusida psixologik seminar-trening oʼtkazildi. Treningda mahallalardagi 24 nafar notinch oilalar, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan ayollar, himoya orderi olgan xotin-qizlarning turmush oʼrtoqlari va mahallalarda notinch oilalar, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan ayollar va 15 nafar ayollar qatnashdi.
2022 yil 1 dekabr kuni Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Oliy majlis senati Gender qoʼmitasi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, siyosiy partiyalar Аyollar qanotlari hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida Oʼzbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga bagʼishlangan “Zoʼravonliksiz oila-farovon hayot sari!” mavzusidagi davra suhbati hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasida uslubiy yoʼriqnoma” taqdimoti oʼtkazildi. Ushbu tadbir 25-noyabr xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish xalqaro kuni hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida eʼlon qilingan “Zoʼravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida 16 kunlik aksiyasi doirasida tashkil etildi.