Kosonsoy tumanida uzoq yillardan buyon uysiz bo'lgan 3 nafar farzandning yolg'iz onasi Nurmatova Munira bugun o'z xonadoniga ega bo'ldi.
Munira: 8 yildan beri orzu qilar edim meni ham o'z uyim bo'lishini. Juda ko'p hayot qiyinchiliklarini boshimdan o'tkazdim. Yurtboshimga mingdan ming rahmat bugun orzularim armon bo'lmadi. Men kutgan kunlar keldi. Bugun o'z uyimga ega bo'ldim. Bu uyda farzandlarimni chiroyli tarbiya qilib, o'qitib vataniga xizmat qiladigan komil inson qilib voyaga yetkazaman.