Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2023 yil 2 yanvar kuni soat 03:00 larda Shahrisabz tumani “Tepar” MFY Katta Ustoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.X. (erkak) shu hududda yashovchi fuqaro S.S.(ayol)ni urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada u tez yordam avtomashinasida Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

 Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan fuqaro S.S. shifoxonada vafot etgan. Unga bosh miya yopiq jarohati, bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, bosh miyaning 4-darajali komasi, tananing ko‘plab sohalarida yumshoq to‘qimalari ezilishi  tashxisi qo‘yilgan.

Aniqlanishicha, 2023 yil 1 yanvar kuni soat 19:00 larda S.S. shu qishloqda yashovchi, tanishi S.X. bilan uchrashgan. O‘zaro og‘zaki tortishib qolishganida, S.S. tanishi S.X.ni g‘ururini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli S.X. qo‘li bilan S.S.ni tanasining duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.  Shundan so‘ng S.S.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinani boshqarib, S.S.ni  yashash uyi darvozasini oldiga olib kelgan. S.S.ning voyaga yetmagan o‘g‘li, 2009 yilda tug‘ilgan L.A. uyidan chiqib kelayotganligini ko‘rib,  ketib qolgan. 

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘linmasi tergov bo‘limi tomonidan S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-modddasi 3-qism “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi