Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2022-yil holatiga Qo‘mitaga jami 63 673 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 58 166 tasi (virtual orqali) hududiy boshqarma, vazirlik va idoralardan, 5 507 tasi Qo‘mitaga kelgan fuqarolarning murojaatlarni tashkil qilgan.

Ushbu murojaatlar tegishliligi bo‘yicha boshqarma, bo‘lim hamda Qo‘mitaning 14 ta hududiy bo‘linmalariga, shuningdek, yuqori turuvchi organlarga yo‘naltirilgan, hamda ijrosi yuzasidan nazoratga olingan.

 

Qo‘mitaga kelib tushgan jami 58 166 ta murojaatlarning hududiy ko‘rsatkichlari quyidagicha: jumladan,

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan – 2 415 ta (4%),

Andijon viloyatidan – 5 013 ta (8%),

Buxoro viloyatidan –  2 371 ta (4%),

Jizzax viloyatidan – 3 322 ta (5%),

Qashqadaryo viloyatidan – 8 215 ta (14%),

Navoiy viloyatidan –2 352 ta (5%),

Namangan viloyatidan – 4 396 ta (8%),

Samarqand viloyatidan – 6 300 ta (11%),

Sirdaryo viloyatidan – 2 589 ta (4%),

Surxondaryo viloyatidan – 5 859 ta (11%),

Toshkent viloyatidan – 4 674 ta (8%),

Farg‘ona viloyatidan –  5 380 ta (9%),

Xorazm viloyatidan – 2 032 ta (3%),

Toshkent shahridan – 3 248 ta (6%) ni tashkil qilgan.

 

Murojaatlarning eng ko‘p qismi quyidagi hududlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:

 

Qashqadaryo viloyatidan – 8 215 ta (14%), Samarqand viloyatidan
 – 6 300 ta (11%), Surxondaryo viloyatidan – 5 859 ta (11%), Farg‘ona viloyatidan – 5 380 ta (9%), Andijon viloyatidan – 5 013 ta (8%)
ni tashkil etmoqda.

 

Murojaatlarda ko‘tarilgan asosiy muammolar tasnifi quyidagicha:

 

Murojaat qilayotgan fuqarolarning aksariyat qismi  uy-joy bilan ta’minlash masalasida 17 950 tasi (28%), oilaviy masalalar
11 535 tasi (18%), moddiy yordam va ijtimoiy nafaqa ajratish masalasida 19 370 tasi (30%), bank faolidan foydalanish masalasida 8 601 tasi (13%), 4 878 tasi (8%) sog‘ligini tiklash,
1 339 tasi (3%) turli masalalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 

 

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlar ijrosi yuzasidan yakuniy ma’lumotlar quyidagicha;

 

2022-yil holatiga ko‘ra yuqoridagi jami murojaatlar soni 63 673 ta ni tashkil etib, shundan 47 482 tasi (75%) qanoatlantirilgan, 12 549 tasi (20%) tushuntirish berilgan,
165 tasi
(0,2%) tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga yuborilgan, 345 tasi (0,5%) rad etilgan, 110 tasi (0,1%) ko‘rmasdan qoldirilgan, 3 022 tasi (3%) bugungi kunda o‘rganish jarayonida.

Shuningdek, joriy yilning 12 oy davomida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbari va o‘rinbosarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila
 va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, tuman-shaharlar bo‘lim boshliqlari  tomonidan 744 ta sayyor qabullar o‘tkazildi.

Sayyor qabullar davomida 12 326 nafar fuqaroning 12 516  ta masala bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, murojaatlarning
5 172 tasi (32,4%) joyida ijobiy hal qilindi, 4 332 tasi (23,3%) bo‘yicha huquqiy maslahat, 3 012 ta (24,4%) murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

 

 Sayyor qabullarning asosiy masalalari:

Moddiy yordam masalalari bo‘yicha  1 945 ta murojaat;

Sog‘ligini tiklashda amaliy yordam masalalari bo‘yicha
1 092
 ta murojaat;

Uy-joy masalalari bo‘yicha 2 687 ta murojaat;

Bandlik masalalari bo‘yicha 921 ta murojaat;

O’zaro oilaviy kelishmovchiliklar  bo‘yicha 1 296 ta murojaat;

Uy-joy ta’miri  masalalari bo‘yicha 1342 ta murojaat;

"Ayollar daftari" bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 1 154 ta murojaat;

Kredit ajratish masalalari bo‘yicha 272 ta murojaat;

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanish bo‘yicha 195 ta murojaat;

Boshqa turli masalalari bo‘yicha 1 612 ta  murojaatlarni tashkil qilgan.

 

Xotin-qizlar uchun Sayyor qabullar respublikaning barcha hududlarida belgilangan reja - jadval asosida davom ettirilmoqda.