2002-yil 20-yanvarda Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan, millati qoraqalpoq.
Qoraqalpoq davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi.
Milliy san’atimizning noyob durdonalaridan biri hisoblangan baxshichilik yo‘nalishida samarali ijod qilib kelmoqda. «Qirqqiz», «Shajara», «Alpomish» kabi xalq dostonlarini mahorat bilan ijro etib, boy madaniy merosimizni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shmoqda.
2020-yilda Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro bolalar san’at ko‘rik-tanlovida «Xalq qo‘shiqlari ijrochiligi» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.
2021-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan xalqaro milliy madaniy festivalda «Folklor qo‘shiq ijrochiligi» yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan.
2021-yilda «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida o‘tkazilgan «Yosh baxshi, jirovlar» respublika tanlovida «Eng yaxshi ovoz sohibi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.
2021-yilda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro san’at tanlovida xalq dostonlarini mahorat bilan ijro etib, I darajali diplom bilan taqdirlangan.
2022-yilda Rossiyaning Rostov-Don shahrida o‘tkazilgan xalqaro yoshlar ijodiyoti tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2022-yilda «Baxshi, oqin va jirovlar» ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida «Eng iqtidorli ayol baxshi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.
2022-yilda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro san’at festivalida 1-o‘rinni egallagan.