Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2000-yil 12-avgustda Shahrixon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining professional ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi.

San’atning an’anaviy xonandalik yo‘nalishida ijod qiladi. Yorqin iste’dodi, san’atga bo‘lgan mehri va intiluvchanligi bilan respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ko‘rik-tanlovlar va festivallarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

«Munojot», «Tamanno», «Farg‘ona tong otguncha», «Naylayin» kabi mumtoz qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

2021-yilda Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilgan xalqaro san’at festivalida
2-o‘rinni egallagan.

2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan xalqaro bolalar san’at ko‘rik-tanlovida «Maqom» yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri sohibi bo‘lgan.

2022-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Open Asia» xalqaro festivalida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

An’anaviy xonandalik yo‘nalishida ilmiy izlanishlar ham olib bormoqda.

2019-2022-yillarda respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda maqom san’ati mavzusi bilan bog‘liq 10 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan.

2021-yilda Respublika yosh olimlar kengashi a’zoligiga qabul qilingan.

2021-yilda Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida MDH davlatlarining iqtidorli yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xalqaro «Eng yaxshi yosh olimlar» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, «Yosh olim» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2022-yilda Belarus davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro onlayn ilmiy konferensiya maqolalar to‘plamiga uning «Vzglyad na tvorchestvo akademika Yunusa Radjabi, predstavitelya uzbekskoy natsionalnoy muziku i dinastii» mavzusidagi maqolasi kiritilgan.