Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1999-yil 1-avgustda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Toshkent moliya institutining iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti.

Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. O‘zining iqtidori, yuksak salohiyati va izlanuvchanligi bilan viloyat yoshlari orasida katta hurmat qozongan.

2020-2021-yillarda hammualliflikda yaratgan «Logistika» va «Marketing atamalari» nomli izohli lug‘atlari hamda «Iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha atamalar lug‘ati» chop etilgan.

Shu davrda ilmiy izlanishlari natijasida «Marketing fanidan glossariy» va «Logistika» nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratib, Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini qo‘lga kiritgan.

2018-2022-yillarda respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda iqtisodiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 40 dan ziyod ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

2020-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada «Ishlab chiqarishda ta’minot zanjirini boshqarishni rivojlantirish strategiyalari» mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yilda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan fanlar olimpiadasining respublika bosqichida «Bank ishi» fanidan 1-o‘rinni egallagan.

2021-yilda AQShning Nyu-York shahrida onlayn bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya maqolalar to‘plamiga uning «Marketingda raqamli texnologiyalardan foydalanish» mavzusidagi maqolasi kiritilgan.

2022-yilda «Education and development» xalqaro tahliliy jurnalida «Madaniy turizmni rivojlantirishda marketing xizmatlari» mavzusidagi maqolasi chop etilgan.

Rus va ingliz tillarini puxta o‘zlashtirgan.

Yetakchilik qobiliyatiga ega. Ta’lim muassasasida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.