Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1999-yil 9-noyabrda Peshku tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Buxoro davlat universitetining filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi. 

Adabiyotning publitsistika yo‘nalishida faol ijod qilib kelmoqda. Maqola
va hikoyalarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, fidoyi zamondoshlarimiz va ilg‘or yoshlar faoliyatini keng yoritish yetakchi o‘rin tutadi.

«Dilroz», «Sog‘inch sohillari», «Mo‘jizalar mamlakati», «Nasriy chizgilar» nomli hikoyalar to‘plamlari hamda «Muxlis» nomli qissasi chop etilgan.

«Erkin A’zam hikoyalarini ta’lim jarayonida o‘rganish» hamda «Sharof Rashidov asarlarini ta’lim jarayonida interfaol usulda o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.

Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlari
va nufuzli ilmiy nashrlarda 40 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan.

2020-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro onlayn konferensiyada «Jadidchilik harakati va Abdulla Avloniy ijodining lingvistik she’riyati» mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yilda «Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning o‘rni» mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasida «Eng yaxshi ma’ruzachi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

2021-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan xalqaro insholar tanlovida «Hayot nima» mavzusidagi inshosi mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.

2021-yilda Andijon shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika tanlovida Hamid Olimjon ijodiga oid maqolasi «Eng yaxshi maqola» yo‘nalishida 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2021-yilda Respublika yosh olimlar kengashi a’zoligiga qabul qilingan.

2022-yilda «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» tanlovining viloyat bosqichida «Adabiyot va publitsistika» yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

2022-yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

2022-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Eng yaxshi maqola» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Qozog‘istonning «Chinor barglari» yosh iste’dodlar uyushmasining «Eng yaxshi yozuvchi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2022-yilda Rossiyada nashr etilgan «Molodej novogo Uzbekistana» hamda Turkiyada chop etilgan «Turkchaning dunyodagi o‘zbek ovozi» nomli xalqaro antologiyalarga ijod namunalari kiritilgan.