Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2005-yil 8-avgustda Yangiyer shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Jizzax viloyati Jizzax shahri 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

Sportning qilichbozlik turi bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanib, respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, sport ustaligiga nomzod.

2020-yilda Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan.

2021-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yili Toshkent va Jizzax shaharlarida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

2022-yilda Osiyo Qilichbozlik konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

2022-yili Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan.

Jamoat ishlaridagi faolligi va tashabbuskorligi bilan ustozlari va tengdoshlari o‘rtasida katta hurmat qozongan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining «Fidoyi yoshlar klubi» a’zosi sifatida «Beshta muhim tashabbus» doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida «Sport – salomatlik garovi», «Barkamol avlod – yurt tayanchi» kabi tadbirlar va sport musobaqalarini tashkil etib kelmoqda.