Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2006-yil 20-fevralda Kitob tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi.

Fanlarni a’lo o‘zlashtirishi bilan birga matematika fanini puxta o‘zlashtirmoqda. Yuqori bilimi va salohiyati bilan mamlakatimizda va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

2021-yilda Indoneziya davlatida o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida dunyoning yosh matematiklari orasidan shaxsiy tarkibda bronza hamda jamoaviy tarkibda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Eron davlatida o‘tkazilgan geometriya olimpiadasida qatnashib, bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

2021-yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasining respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan.

2022-yilda matematika fan olimpiadasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2022-yili Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan Jautikov xalqaro olimpiadasida qatnashib, bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

2022-yili Rossiyaning Adigey Respublikasi Maykop shahrida o‘tkazilgan Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida III darajali diplom bilan taqdirlangan.

2022-yili respublika miqyosida o‘tkazilgan Qorako‘l matematika olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2022-yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Qizlarjon» anjumanida IT yo‘nalishida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Iqtidorli yoshlarimizning ilg‘or vakillaridan biri sifatida «Beshta muhim tashabbus» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni tashkillashtirishda faollik ko‘rsatmoqda.