Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2001-yil 15-yanvarda Nishon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.

Adabiyotning publitsistika yo‘nalishida ijod qiladi. O‘ziga xos uslubi, ijod namunalaridagi samimiyat, tabiiylik va hayotiylik bilan yosh ijodkorlar orasida ajralib turadi.

2018-yilda «Hayot bekati» nomli hikoyalar to‘plami chop etilgan.

2020 yilda Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi tomonidan nashr etilgan «Zomin yog‘dusi» to‘plamiga hikoyalari kiritilgan.

2022-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining «Ijod» jamoat fondi tomonidan «Bitiruv kechasi» nomli hikoyalar to‘plami 10 ming nusxada chop etilgan.

2018-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida «Nasr» yo‘nalishi bo‘yicha faol qatnashib, adib
va adabiyotshunoslar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

2020-yilda «Dunyo talantlari ijodi» nomli xalqaro onlayn tanlovda hikoyalari bilan qatnashib, diplom bilan taqdirlangan.

2022-yili «Ona tilim, sen ruhimning qanotisan» nomli respublika tanlovida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Uning ijod namunalari «Tong yulduzi», «Gulxan», «Yoshlik» kabi nashrlarda chop etilib, taniqli ijodkorlar tomonidan e’tirof etilmoqda.

«Yosh qalamkashlar» adabiy to‘garagi rahbari sifatida yoshlarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish bo‘yicha muntazam ishlash bilan birga, ko‘plab badiiy kechalarni o‘tkazib kelmoqda.

Zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha ham chuqur bilimga ega. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi veb-sahifasiga joylashtirilgan taniqli adabiyot namoyandalarining asarlarini qunt bilan o‘rganmoqda.