Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1995-yil 9-dekabrda Namangan tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Namangan davlat universitetining jahon tillari fakulteti 4-bosqich talabasi.

Adabiyotning she’riyat va publitsistika yo‘nalishida ijod qiladi. Ijod namunalarida Vatanga muhabbat, ota-onaga mehr, tabiat tarovati, sevgi, do‘stlik
va sadoqat kabi tuyg‘ularni go‘zal badiiy ifodalarda madh etadi.

2021-yilda «Hilol» va «Yo‘qlik bor menda...» nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan.

2021-yilda Turkiya davlatida turk tilida nashr etilgan «Qadrdonlarning yurak so‘zlari» nomli almanaxga uning she’rlari kiritilgan.

2021-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari hududiy bosqichida faol qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yilda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan «Duel» ijodiy tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari forumida o‘zining ijod namunalari bilan ishtirok etib, taniqli shoirlar va adabiyotshunoslar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Filologiya va adabiyotshunoslik yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2021-2022-yillarda «Navoiy asarlari ingliz olimlari e’tirofida», «Sharqning buyuk Pushkini», «Sifatlar haqida umumiy ma’lumot», «Ingliz tilida majhul nisbatni hosil qilish qoidalari», «Ingliz tilida bog‘lovchilardan foydalanishning ahamiyati va o‘rni» kabi 10 dan ortiq maqolalari mamlakatimiz va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

Adabiyotning badiiy tarjima yo‘nalishida ham ijod qiladi.

Uning «Tutash tomchilar» nomli tarjima asarlari chop etilgan.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi islohotlar targ‘iboti jarayonlarida faol qatnashmoqda.

2020-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan o‘tkazilgan «Dream forum» onlayn forumining «Faol qizlar harakati» yo‘nalishida diplom bilan taqdirlangan.

«Beshta muhim tashabbus» doirasidagi kitobxonlik tadbirlarida faol qatnashib, tengdoshlarini badiiy adabiyotga, kitobxonlikka jalb etib kelmoqda.