Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1993-yil 2-avgustda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Samarqand viloyati Samarqand shahri «Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi (Samarqand davlat chet tillar institutining lingvistika mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti).

Viloyatning eng ilg‘or va tashabbuskor yoshlaridan. Jamoat ishlaridagi faolligi, izlanuvchanligi va tashkilotchiligi bilan yoshlar va aholi o‘rtasida katta hurmat qozongan.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining faol volontyori, O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, «Kelajak liderlari» klubining Samarqand viloyati bo‘yicha vitse-prezidenti, «Samarqand ilmli qizlari» klubi rahbari.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi sifatida «Yoshlar bilan ishlash kengashi»,
«Bir nuroniyga 10 nafar yosh», «Qalqon» guruhlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Uning tashkilotchiligida mahalladagi 340 nafar yoshlar bilan muntazam ishlanib, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 22 nafar yoshlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilgan,
8 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan. 

2020-yilda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan «Yilning eng faol volontyori» deb topilgan.

2022-yilda viloyatda «Kelajak liderlari» klubi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2022-yili Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

2022-yili «Kelajak liderlari» o‘quv dasturi asosida Turkiya Respublikasida tashkil etilgan stajirovkada muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Uning talabalarning ijtimoiy muammolari yechimiga qaratilgan «Sug‘diyona» mobil ilovasi viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan.

Xalqaro va respublika nashrlari hamda konferensiyalar to‘plamlarida 100 dan ortiq ilmiy va publitsistik maqolalari chop etilgan.

Ingliz va rus tillarini puxta o‘zlashtirgan.

2021-yilda ingliz tilida «Step by step», «Speak English for football players» kabi uslubiy qo‘llanmalarini yaratgan.