Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1995-yil 26-iyulda Boyovut tumanida tug‘ilgan, millati tojik.

Sirdaryo viloyati Guliston shahri «Beton sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori o‘rinbosari.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalangan holda e’tirofli yutuqlarga erishib kelmoqda.

Uning rahbarligidagi korxona bino-inshootlarni qurish va ta’mirlash hamda temir-beton konstruksiyalari, fundament bloklari, zina, eshik va derazalar, yo‘lak bruschatkalari kabi 30 turdan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxonada 200 nafar doimiy va 300 nafar mavsumiy ishchilar mehnat qilmoqda.

2020-2022-yillarda korxona quruvchilari tomonidan 130 mlrd so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Shu davrda korxona quruvchilari tomonidan Guliston shahrida loyiha qiymati 101 mlrd so‘mlik 181 xonadonga mo‘ljallangan 2 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, Mirzaobod tumanida 330 o‘rinli maktab, zamonaviy ko‘rinishdagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi bunyod etilgan.

2021-yilda Guliston shahrida loyiha qiymati 60 mlrd so‘m bo‘lgan 4 qavatli «Saxovat» savdo va ko‘ngilochar markazini ishga tushirgan. Hozirda ushbu markazda
400 nafardan ziyod tadbirkorlar o‘z faoliyatini yuritmoqda.

2021-yilda «Tashabbus» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida «Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

2022-yilda tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Anor» tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, ushbu tanlovning respublika bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan.

2022-yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.