Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2000-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Guliston davlat universitetining filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

Adabiyotning she’riyat va publitsistika yo‘nalishida ijod qiladi. Ijodida inson ruhiyatining go‘zal tuyg‘ulari, Vatan, el-yurt taqdiriga daxldor mavzular o‘ziga xos obrazlarda aks etadi. Xususan, yurt haqida yozar ekan, shunday misralarni bitadi: «Bugungi kelajak o‘tmishdan olis, Ezgu niyatlar ham chindan-da, xolis, Mehring taftin sezsam, nechun daf’atan, Xizmating qilmoqqa chog‘lanmay Vatan.»

2022-yili «Xayr dema» nomli ilk she’riy to‘plami «Ijod» fondi homiyligida «Birinchi kitobim» loyihasi doirasida 10 ming nusxada chop etilgan.

«Dunyolarga tanitamiz Sirdaryoni», «Dil tug‘yonlari», «Vatanga vafo», «Sirdaryo g‘unchalari» nomli yoshlar bayozlariga ijod namunalari kiritilgan.

2021-yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan «Mushoira» ijodiy tanlovining viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.

2021-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi tomonidan onlayn o‘tkazilgan ijodiy tanlovda «Mustaqillik to‘g‘risidagi eng yaxshi she’r muallifi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

2021-yilda «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» respublika tanlovida «Nazm» yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan.

2021-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida «She’riyat» yo‘nalishi bo‘yicha ijod namunalari mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan.

2022-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan yosh ijodkorlar tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan.

2022-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan respublika ijodiy ishlar tanlovida «Eng yaxshi ijodiy she’r» nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2019-2022 yillarda respublika matbuot nashrlarida 10 dan ortiq publitsistik maqolalari chop etilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi tomonidan «Beshta muhim tashabbus» loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan adabiy kechalar va kitobxonlik anjumanlarida o‘zining she’riy dasturlari bilan faol qatnashmoqda.