Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2005-yil 9-noyabrda Sherobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

San’atning dutor cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishida ijod qiladi.

Milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash, rivojlantirish va targ‘ib qilish ishlarida faol qatnashib kelmoqda.

2020-yili Rossiyaning Moskva shahrida onlayn bo‘lib o‘tgan «Jivaya muzika» va «Vosxodyashiye zvezdi» xalqaro san’at tanlovlarida Gran-prini qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Iqtidorli bolalar» xalqaro musiqa festivalida 1-o‘rinni egallagan.

2021-yilda Qozog‘istonning Pavlodar shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro san’at tanlovida 2-o‘rin sohibi bo‘lgan.

2021-yilda AQShning Nyu-York shahrida iste’dodli yoshlar o‘rtasida masofaviy o‘tkazilgan xalqaro tanlovida Gran-prini qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro san’at tanlovida Gran-priga sazovor bo‘lgan.

2021-yilda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Kladovaya talantov» xalqaro bolalar tanlovida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan.

2021-yilda Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilgan «Yapon quyoshi» xalqaro bolalar tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

2022-yilda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan respublika iqtidorli yosh ijrochilar onlayn tanlovida 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2022-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida onlayn o‘tkazilgan «Zolotoy Feniks» xalqaro san’at tanlovida Gran-prini qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Open Asia» xalqaro festivalida dutor ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha

1-o‘rinni egallagan.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan festivallar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda tashabbus ko‘rsatib, uyushmagan yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.