Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1999-yil 23-sentabrda Denov tumanida tug‘ilgan, millati tatar.

Termiz davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti.

Sportning dzyudo turi bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimizda yoshlar, xususan, qizlar sportiga qaratilayotgan ulkan e’tibor tufayli respublika va xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga namuna bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi.

2018-2020-yillari 3 karra O‘zbekiston chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘lgan.

2017-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medal sohibi bo‘lgan.

2018-yili Hindistonning Puna shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida
2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2018-yilda O‘zbekiston kubogi va O‘zbekiston birinchiligida g‘olib bo‘lgan.

2018-2019-yillarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2019-yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi bahslarida 1-o‘rinni egallagan.

2019-yilda Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda oltin medal sohibi bo‘lgan.

2019-yili Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2019-yilda Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan.

2019-yili Koreyaning Chundju shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida
2-o‘rinni egallagan.

2020-yili Termiz shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yili Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3-o‘rinni egallagan.

2021-yilda Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarida o‘tkazilgan Osiyo chempionati va Osiyo kubogi bahslarida bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

Murabbiy sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatib, yosh sportchilarda iroda, qat’iyat, milliy g‘urur, el-yurt oldidagi mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.