1994-yil 27-aprelda Chinoz tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining amaliy san’at va dizayn fakulteti 4-bosqich talabasi.
Amaliy san’at yo‘nalishida ijod qiladi. Milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan milliy taqinchoqlar va zardo‘zlik buyumlari yaratib, mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
2021-yilda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda qo‘lda yasalgan milliy taqinchoqlari bilan qatnashib, Gran-pri sohibi bo‘lgan.
2021-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda zardo‘zlik mahsulotlari bilan ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2021-yilda Xitoy va Rossiya davlatlari hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro amaliy san’at festivalida milliy taqinchoq bilan bezatilgan bosh kiyimlari bilan qatnashib, 1-o‘rinni egallagan.
2021-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan «Radost Planeti» xalqaro san’at tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2021-yilda Rossiyaning Moskva shahrida dekorativ amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha «Zolotaya lira» xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.
2021-yili Toshkent shahrida «Nigoh» nomli shaxsiy amaliy san’at ko‘rgazmasini tashkil etib, mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
2022-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan tasviriy va amaliy san’at festivalida oltin medal bilan taqdirlangan.
2022-yilda Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda «Eng yaxshi dekorativ-amaliy san’at asari» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan.
2022-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan xalqaro san’at tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Xalq hunarmandchiligi yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2019-2022-yillarda respublika va xalqaro nashrlarda 10 dan ortiq maqola va tezislari nashr qilingan.
2021-yilda Rossiya Federatsiyasining «Obrazovaniye i nauka v XXI veke» xalqaro ilmiy elektron jurnalida «Xalq hunarmandchiligida zardo‘zlik san’ati» mavzusidagi maqolasi chop etilgan.
Hozirgi vaqtda Chinoz tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabida san’atga qiziqishi bo‘lgan 50 nafardan ortiq yoshlarga milliy taqinchoqlar yasash va zardo‘zlik sirlarini qunt bilan o‘rgatmoqda.