Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2005-yil 10-dekabrda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
11-sinf o‘quvchisi.

Adabiyotning she’riyat yo‘nalishida ijod qiladi. She’rlarida ezgulik, do‘stlik, vatanparvarlik, bolalikning beg‘ubor tuyg‘ulari aks etgan bo‘lib, o‘ziga xos uslubi, mavzu rang-barangligi va ravonligi bilan mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Xususan, yurt haqida yozar ekan, shunday misralarni bitadi: «Sanchiladi tovonimga qo‘shtikanlar, Axir o‘zim tikan bosgan yo‘ldan yurdim, G‘am ko‘rmagan baxt ismli shaharchadan, Baxtchechaklar terib kelay senga, yurtim».

Mamlakatimizning taniqli shoirlaridan Salim Ashur va Muhiddin Abdusamadlar uning ijodiy faoliyatiga yuqori baho bergan.

2019-2022-yillarda «Bunda bulbul kitob o‘qiydi», «G‘uncha ifori», «Qo‘shtepa ilhomlari», «Ijod guldastasi» va «Tong jilvasi» nomli yoshlar bayozlariga ijod namunalari kiritilgan.

2019-yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Jaholatga qarshi ma’rifat» ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichida «She’riyat» yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan.

2020-yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan «Abdulla Oripov asarlari bilimdoni» respublika radio tanlovida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan.

2021-yilda «Mitti yulduzlar jilolari» respublika ko‘rik-tanlovining «She’riyat» yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yilda iqtidorli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining viloyat bosqichida 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2021-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan «Abdulla Oripov izdoshlari» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, ushbu tanlovning respublika bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan.

2022-yilda Andijon shahrida «Bobur – dilbar shaxs» mavzusida o‘tkazilgan ijodiy tanlovda «Badiiy publitsistika» yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

«Beshta muhim tashabbus» doirasida amalga oshirilayotgan kitobxonlik tadbirlarida tengdoshlarini badiiy adabiyotga, kitobxonlikka jalb etib, ularning yuksak bilimli, ma’nan yetuk avlod sifatida shakllanishi yo‘lida faollik ko‘rsatib kelmoqda.