Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2005-yil 8-yanvarda Tuproqqal’a tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

O‘quv dasturlarini puxta o‘zlashtirishi bilan birga ingliz tili fanini chuqur o‘rganmoqda. O‘zining bilimi, salohiyati va iqtidorini namoyon etib, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

2019-yilda Xiva shahridagi Prezident maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish uchun bo‘lib o‘tgan saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, shu maktabning 9-sinfiga o‘qishga qabul qilingan.

2021-yilda nufuzli «Hippo» xalqaro ingliz tili olimpiadasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, ushbu olimpiadaning yarim final bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan fanlar olimpiadasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan.

2022-yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilgan ingliz tili tanlovida g‘olib bo‘lib, «Ibrat xorijiy tillar oromgohi» seminarida ishtirok etgan.

2022-yilda ingliz tilini bilishni baholash darajasi bo‘yicha IELTS imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, 7,5 ballni qo‘lga kiritgan.

Biologiya fanini ham puxta o‘zlashtirib, xalqaro darajadagi fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy konferensiyalarda soha mutaxassislari e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

2020-yilda «Vremya znaniy» xalqaro internet olimpiadasida biologiya fanidan
2-o‘rinni egallagan.

2021-yilda Filippin xalqaro fanlar olimpiadasida biologiya fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Rossiya Federatsiyasining «Obrazovaniye i nauka v XXI veke» xalqaro ilmiy elektron jurnalida «Bakteriyalarga qarshi kurashishda viruslardan foydalanish» mavzusidagi maqolasi chop etilgan.

Sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanadi.

2018-yili Urganch shahrida o‘tkazilgan viloyat birinchiligi bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.