Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bugun tug‘ilgan kun 

Muhtarama Ozoda Abduqodirovna! 

Sizni tavallud kuningiz bilan oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari, ko‘p sonli mahalla faollari nomidan chin dildan qutlaymiz!  Sizning rahbarligingizda oilalar va xotin-qizlar muammolari bilan ishlash borasida erishilayotgan amaliy natijalar, sohaviy muammolarni hal qilishda xalqchil usullarni qo‘llash, milliy-ma’naviy qadriyatlarni asrash borasidagi tashabbus va g‘oyalar inson qadri ustun bo‘lgan yurtimizning taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  

Sizdagi qat’iyat, shijoat, samimiyat, kamtarlik, oddiylik, keksayu yoshga hurmat va e’tibor ko‘rsatish xislatlari barcha uchun chinakam ibrat bo‘la oladi! Ushbu asl insoniy xislatlar hamda ulug‘vorlik, nafosat va go‘zallik Sizni hech qachon tark etmasin!  

Aziz va qadrli Ozoda Abduqodirovna! 

Tavallud kuningiz yana bir bor muborak bo‘lsin! Sizga uzoq va sermazmun umr, go‘zal va ibratli oilangizga fayzu baraka va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.  
Yaratgandan chehrangizdagi fayz boqiy, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar hamisha hamrohingiz bo‘lishini so‘rab qolamiz.   

   Oila va xotin-qizlar tizimi jamoasi