Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Joriy yilning 23-iyun kuni 2022 yil aprel oyidan buyon amalga ishirilayotgan loyihaning yakuniy yig'ilishi bo'lib o'tdi.  UNFPA, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi hamda Oila va xotin-qizlar  qo‘mitasi bilan birga treninglar o‘tkazib kelinmoqda.
Bunda, tanlov asosida saralab olingan 365 nafar xotin-qizlar o‘qitildi.
Mazkur tadbir BMTTD, YUNFPA, FAO va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘magidagi Qo‘shma dastur doirasida o‘tkazildi. Qoraqalpog‘istonning 3 ta shimoliy hududlari bo‘lgan — Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlarida Orolbo‘yi hududi uchun BMT shafeligidagi jamg‘armaning moliyaviy ko‘magida amalga oshirildi.
Treninglarning birinchi bosqichida Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi 365 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yetakchi ayollar fasilitatorlikka (guruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko‘maklashuvchilar) o‘qitilib, ularning har birlari o‘z mahallalaridan 110 nafardan xotin-qizlarga ega bo‘lgan bilim va qo‘nikmalarini o‘rgatishdi.


Mazkur Trening xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish imkonini berdi, ularning salohiyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar orqali ehtiyojmand ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchni, ijtimoiy ko‘nikmalarini, oilani rejalashtirish, gender tenglik jihatlarini mustahkamlash, oilaviy byudjetni rejalashtirish, tadbirkorlik ko‘nikmalari va biznes rejalarni ishlab chiqish hamda yakka tartibdagi yoki oilaviy tadbirkorlikni yaratish uchun rag‘bat bo‘ldi. Shuningdek, biznes loyiha tanlovlari o'tkazilib g'olib ayollarga o'z biznes boshlash maqsadida asbob-texnikalar olib berildi.