Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-son qarori ijrosi yuzasidan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini

E‘LON QILADI!

Bitta loyiha uchun grant miqdori – 50 000 000 (ellik million) so‘m.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim eting. 

-mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha grant tanlovida ishtirok etish uchun ariza(buyurtmanoma). Arizada qo‘yidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:

-loyiha ishtirokchisi haqida to‘liq ma’lumotlar bunda kasanachilik sohasidagi tajribasi, erishgan yutuqlari, ilgari grant loyihalarda va dasturlardagi ishtiroki, mavjud moddiy-texnika bazasi xaqidagi ma’lumotlar;

-loyiha mazmuni, 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlashda qamrab olingan hudud (olis va chekka hududlardagi mahalla nomi) nomlari va ish bilan ta’minlangan aholi qatlami to‘g‘risida ma’lumotlar;

-Davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

-tadbirkorlik sub’ekti rahbarining pasport nusxasi;

-kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat shartnomasi, soliq idoralari orqali tasdiqlangan reestr); 

-ish bilan ta’minlangan kasanachi xotin-qizlarga to‘lanayotgan o‘rtacha ish haqi miqdorlari to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumot;

-grant mablag‘idan kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun foydalanish bo‘yicha loyihaning maqsadliligi va samaradorligi, loyihada tadbirkorlik sub’ektining ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-oxirgi moliya yilidagi buxgalteriya balansi (F-1) va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (F-2);

-tanlov ishtirokchisi tashabbusi bilan boshqa tegishli hujjatlar (erishgan qo‘shimcha ijobiy ko‘rsatkichlari va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.

Olis va chekka hududlardagi mahallalarda ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida loyihalar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining http://wcu.uz/, hamda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining http://familyfund.uz/, rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Tanlovga hujjatlar 2023 yil 20 iyuldan 2023 yil 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar qo‘mitaning hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon raqami: (71) 202-10-61