Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,  hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda bugun Qo‘qon shahrida “Ayol va jamiyat” dasturi doirasida “Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Qo'qon shahrida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat targ‘ibot guruhlari uchun tashkil etilgan mazkur darslarda 100 nafardan ortiq tinglovchi ishtirok etdi.

O‘quvlar boshlanishidan avval ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Nurmatova,  Respublika “Oqila ayollar” harakati raisi O.Musurmonova,  Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F.Abdurahimova hamda viloyat mas’ullari ishtirok etishdi

Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, xotin-qizlarning radikallashuvini oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar va mutaassib shaxslar salbiy ta’siridan asrash,  mahallabay va xonadonbay ishlash faoliyatlariga ko‘maklashish va tizimli ish tashkil etish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.