Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini e’lon qiladi!
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – har bir tashkilotda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik e’tiborini keng jalb etishdir.
Tanlovda gender tenglikni ta’minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji yo‘lida tashabbus ko‘rsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, o‘z sohasiga tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirlik va idoralari va ularning hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, hokimliklar, tadbirkorlik sub’yektlari hamda ommaviy axborot vositalari qatnashishi mumkin.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar (4 ta asosiy va 3 ta qo‘shimcha) asosida o‘tkaziladi.
Tanlovning asosiy nominatsiyalari:
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat organi”;
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik”;
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti”;
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’yekti”;
Tanlovning qo‘shimcha nominatsiyalari:
“Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur”;
“Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal”;
“Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr”.
Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 71 202-10-76 telefoni, shuningdek, qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga murojaat etish yoki ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olish mumkin.