Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59


         Kuni kecha  Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida “Xotin-qizlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish davr talabi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
      “XXI asr ayoli” festivali doirasida o‘tkazilgan   mazkur anjumanda  Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova va  Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyevalar ishtirok etdi. 
Festival doirasida rahbar va olima ayollarning IIV Akademiyasida tahsil olayotgan kursant qizlar bilan  yuzma-yuz muloqoti  tashkil qilindi.
Qo‘mita raisi O.Parpiboyeva o‘z ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda xotin-qizlarning ta’lim sohasi va ilm-fandagi o‘rnini kengaytirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi, ta’lim sifatini oshirish ularni ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatga yanada keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Xususan, so‘nggi yillarda xotin-qizlarga oliy ta’lim olish uchun yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar gender tenglikni ta’minlash borasidagi maxsus choralarning eng muhimi bo‘ldi. Jumladan, 
- har yili ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlarni davlat granti (2000 ta kvota) asosida oliy ta’lim muassasalarga o‘qishga qabul qilib kelinmoqda. Shu kunga qadar qariyb 7 mingga yaqin xotin-qizlar davlat granti asosida oliy ta’lim o‘qishga qabul qilindi.
- mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qiz har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinmoqda. 
- davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab berilishi va bunga har yili kamida davlat byudjetidan 200 milliard so‘m ajratib borilmoqda. 
Oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish tizimi joriy etildi.
- muhtoj yolg‘iz ayollar va boquvchisini yo‘qotgan qizlarni oliy ta’limdagi kontrakt-to‘lovlari  qoplab berilmoqda.
- davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga faqat xotin-qizlar uchun har yili 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilmoqda.
Kuni kecha esa Hukumat qarori bilan “Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida o‘qiydilar. 
Kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablag‘lari respublika byudjetidan ajratiladi. 
Xotin-qizlar uchun yaratilgan ushbu imkoniyat ayollar kam faoliyat yuritayotgan sohalarda ularning ulushini oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 
Bugungi kunda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning soni jami talabalar soniga nisbatan qariyb, 49 foizni tashkil etmoqda. Magistratura bosqichida o‘qishini davom ettirgan talaba-qizlar soni jami talabalar soniga nisbatan 51% foizga yetdi”.