Orziqulova Ro‘zigul Xo‘jabekovna - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchisi.
U 1957-yilda tug‘ilgan, 6 nafar farzandning onasi, 17 nafar nabira va 4 nafar evaraning buvisi. Turmush o‘rtog‘idan juda erta ayrilib, farzandlarini yolg‘iz o‘zi oyoqqa qo‘ygan.
48 yildan buyon pedagoglik kasbi bilan shug‘ullanib keladi. Respublikaning eng tajribali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan hisoblanadi.
R.Orziqulova o‘zining mehnatsevarligi, jonkuyarligi, o‘z fanining bilimdoni, talabchanligi, maktab taʼlimini rivojlantirish dasturi targ‘ibotchisi, tashabbuskorligi, ijodkorligi bilan nafaqat Jizzah shahrida, balki respublikamizda hurmat va eʼtirofga sazovor bo‘lgan.