Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bugun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva USAIDning gender masalalari boʻyicha bosh koordinatori Jamil Bidjio boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Qoʻmita raisining mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi maʼlumotlari  mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. 

Ayniqsa, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar taʼminlash maqsadida mamlakatimizda qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjat loyihasini gender huquqiy ekspertizasidan oʻtkazish amaliyotining joriy etilgani, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni bajarishda NNT  ishonchli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani, ayni vaqtda 400 dan ziyod oila va xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi NNTlar tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadiga qaratilgan istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani,  xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi ulushi yaqin yillarda 21 foizdan – 37 foizga oʻsgani, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash ishlari, mahallalarda “yettilik” faoliyati eʼtirof etilib, koʻplab savollarga masʼullar tomonidan javob oldilar. 

Samimiy muloqot ruhida boʻlib oʻtgan uchrashuvda  tomonlar joriy yilda amalga oshirish mumkin boʻlgan oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.