Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2024-02-19 BRIFING 732

Keyingi yillarda mamlakat hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy kо‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga kо‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli davlat siyosati amalga oshirilmoqda.

Ayollarning boshqaruv sohalaridagi ulushi 35 foizga, tadbirkorlik sohasida 37 foizga, siyosiy partiyalarda 49 foizga, oliy ta’limda 50 foizga yetdi.

Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash borasida fevral oyida 2 ta normativ-huquqiy hujjat ijroga qaratildi. Xususan:

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07 fevraldagi 34-son Farmoni bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bо‘yicha takliflarni qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida”gi Farmonga tegishli о‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan,

Axborot texnologiyalari yо‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar ham Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadigan bо‘ldi.

 Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat kо‘rsatishi hamda unga Bosh vazir о‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.

 Bundan tashqari, mukofotni olish uchun talabgorning sо‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 fevraldagi 85-son qarori mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash bо‘yicha yana bir muhim qadam bо‘ldi.

  Avval ayollar faqatgina yо‘lovchilar soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni boshqarishi mumkin bо‘lib, katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishda ayollarni jalb etish imkonini bermasdi.

Endilikda ayollarga yuk kо‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bо‘lgan yuk avtomobillarini hamda  yо‘lovchilar soni 14 kishidan ortiq bо‘lgan avtobuslarni boshqarish bо‘yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi.

О‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatning barcha jabhalari kabi ilm-fan va ta’lim tizimida ham faol ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qо‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoniga muvofiq, davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilayotgani ushbu yо‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 

BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi rezolyusiyasi  bilan 11 fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’lon qilingan.

Har yilgidek, joriy yilda ham ushbu sana mamlakatimizda keng nishonlandi.  Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 19 yanvardagi 1-son bayoniga muvofiq, 12-17 fevral kunlari mamlakatimizning 208 ta tuman va shaharlaridagi ta’lim muassasalari hamda mahallalarda   “Ilmli ayol – jamiyat kо‘zgusi”  mavzusida haftalik tashkil qilindi.

Qator vazirlik va idoralar, ayniqsa, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar  hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari bilan faol hamkorlikda 5 ta xalqaro forum, 24 ta respublika darajasida anjuman  va forumlar, 60 dan ziyod seminarlar,  9 mingdan ortiq uchrashuv, davra suhbatlari va tanlovlar  о‘tkazildi.

      Haftalik doirasida 1 182 nafar nafaqadagi olima ayollar holidan xabar olindi. 265 nafar olimalarning mavjud  muammolari hal etildi. 70 yoshga tо‘lgan 236 nafar professor ayollarga bayram tabriklari tashkil etildi. 1 931 nafar olima ayollar hamda turli tanlov va olimpiadalarda g‘olib bо‘lgan xotin-qizlar, innovatsion loyiha yaratgan nogironligi bor iqtidorli qizlar munosib rag‘batlantirildi.

Haftalik doirasidagi tadbirlar bugun ham davom etmoqda.