Bosh vazir o‘rinbosari Z.Maxkamova Xiva tumani “Istiqlol” mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun yaratilgan imkoniyatlarni mas’ullar bilan muhokama qildi.
Mahalladagi yangi tashkil etilgan tikuvchilik o‘quv markazi, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi, maishiy xizmat ko‘rsatish muassalari faoliyatini rivojlantirishga oid takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, “Khiva Silk” fabrikasida xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.