Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi va USAID hamkorligida О‘zbekistonda yetakchi ayollarning mahalliy boshqaruvda ishtirokini kengaytirishga qaratilgan muayyan ishlar olib borilmoqda.

 Xususan, kuni kecha Toshkent shahrida 32 nafar yetakchi ayollar uchun ikki kunlik trening tashkil etildi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi mas’ul xodimlari hamda Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimlarining о‘rinbosarlari va mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, mahallalar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir fuqarolar, xususan, ayollar, yoshlar, nogironlar va boshqa turli toifa vakillari ehtiyojlarini mahalliy darajada hal etish, ushbu jarayonda mas'ullarning  faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ikki pilot hudud bilan hamkorlikda ishlovchi USAIDning “Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida bо‘lib о‘tdi.

Treningda:
•  Samarali yetakchilik va boshqaruv tamoyillari;
•  Mahalliy hokimiyat organlarida qaror qabul qilish jarayonlarida ayollarning faolligini oshirish uchun malakasini oshirish;
•  Ayollarning jamiyat ehtiyojlarini aniqlash va hal qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamoalardagi ta’sirini oshirish.

Trening mashg‘ulotlari nafaqat kо‘nikmalarni shakllantirish, balki ayollarga о‘z rollarini muvaffaqiyatli bajarga ayollar bilan tajriba almashish orqali mahalliy boshqaruvda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.