Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oʻzbekiston Xalqaro shaxmat akademiyasida 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ikkinchi xalqaro "Women's chess championship" o'tkazildi.

Tadbirni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Zarifa Iskandarova kirish soʻzi bilan ochib, soʻnggi yillarda xotin-qizlar taʼlim olishlari uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar, xalqaro tanlovlarda yurtimiz yoshlarining ishtirokini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aytib oʻtdi.

Maʼlumot oʻrnida xotin-qizlar oʻrtasida ikkinchi bor o'tkazilayotgan sportning shaxmat turi boʻyicha turnirda 10 dan ortiq davlatlardan shaxmatchilar ishtirok etishmoqda.