Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Gurlan tumanida probatsiya guruhi ro‘yxatida va profilaktik hisobda turuvchi, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan, tazyiq va zo‘rovonlikka uchragan xotin-qizlar ishtirokida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratovaning sayyor qabuli tashkil etildi.

Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas'ullari, mahalla xotin-qizlar faollari, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Sayyor qabul davomida jamiyatga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlarning oqibatlari tushuntirilib, xotin-qizlarga oid muammoli vaziyatlar va qonunbuzarliklar sabablarini bartaraf etish borasida so‘z yuritildi. 

Unda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyil, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarning murojaatlari tinglanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Qayd etilgan muammolar chuqur o‘rganilib, bu borada amaliy yordamlar ko‘rsatilishi bildirildi.