Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2024-04-02 TAYINLOV 795

Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shahnoza Sultanova 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida  mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko’rsatgan. 
Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.