Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bugun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, “Xalq banki” boshqaruvi raisi o’rinbosari Gulzoda Rashidova hamda Toshkent viloyat hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zuhra Mirgaziyevalar Yangiyo'l tumani Said ota hududida joylashgan Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazida bo'lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Quvonarlisi, ushbu muassasada hozirga qadar 700 nafar ishsiz xotin-qizlar o'qitilib, ularning shaxsiy daromad olishiga erishilgan.

Aholining tomorqadan unumli foydalanishi orqali kambag‘allikni keskin qisqartirishda bunday markazlar faoliyatini kengaytirish lozimligi qayd etildi.  Maqsad xotin-qizlarning ham bu yo'nalishda ulushini oshirish orqali chekka hududlarda istiqomat qilayotgan oilalarning moddiy farovonligini yaxshilashdan iborat