Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Joriy yilning 27 mart kuni Bekobod tumanida bo‘lib o‘tgan mudhish voqea yuzasidan har ikkala oila bilan suhbatlashish maqsadida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z.T.Mirgaziyeva va Toshkent viloyati IIBB JXX XPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.X.Sodikovalar "Istiqlol", "Bog‘ishamol" va “Dalvarzin” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borildi.

Bu kabi holatlarning boshqa takrorlanmasligi, notinch oilalar bilan ishlashning samarali usullarini yo‘lga qo‘yish hamda oilaviy zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha mahalla faollari, Oqila ayollar bilan suhbat o‘tkazildi. Holat yuzasidan ayni paytda huquq tartibot organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.                                                                                          

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rish Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlaridan biri hisoblanadi.

Xuddi shunday, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 11-apreldagi

O‘RQ-829-son Qonuni talablariga ko‘ra, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga arizalar (shikoyatlar) va da’volar berish Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalarining vakolatlaridan biri etib belgilangan.