Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda BMT (UNFPA)ning "O'zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O'zbekiston chegaraoldi hududlarini rivojlantirish" qo'shma dasturi asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasiga to'xtalindi.