Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 7 martdagi PF 87-son farmoni bilan qabul qilingan "2022-2026 yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dasturning 60-bandi ijrosini taʼminlash, xotin-qizlar o'rtasida sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida haftaning har shanba kuni tongda Xotin-qizlar ishtirokida "Sport nafislik-sog'lomlik manbai" shiori ostida har bir tumanda sport bo'limlari, ichki ishlar boʻlimlari bilan hamkorlikda tonggi yurish va badantarbiya mashqlari oʻtkazilishi belgilangan.

Joriy yilning 16 iyul kuni tonggi soat 7:30da Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida ham ana shunday yurish va badantarbiya mashqlaridan biri o'tkazildi.

Unda Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining mas'ul xodimlari, shuningdek hududdagi mahalla faollari, uy bekalari, korxona-tashkilotlardagi boshlang'ich tashkilotlar aʼzolari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan "Sport nafislik - sog'lomlik manbaidir", "Sog'lom oila-sog'lom kelajak", "Sog'liging boyliging". Sog'lom ayol-sog'lom jamiyat". "Sog'lom turmush tarzi salomatlik garovi" kabi shiorlar ostida o'tgan badantarbiya va yurish mashqlari sport tadbirining yanada jozibadorligini taʼminladi.