Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
Qo'mita yangiliklari
2024-04-23 Xotin-qizlar va bolalarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatini ta’minlash bugun davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini mustahkamlash yo‘lidagi dadil qadamdir. Yaqinda mazkur qonun qabul qilinganiga bir yil to‘ldi.

30
2024-04-20 Osiyo xotin-qizlar forumida muhokama etiladigan masalalar

Joriy yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuasining Kongress-markazida o‘tkaziladigan “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumiga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda.

259
2024-04-17 Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida 2024 yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning boy salohiyatidan foydalanish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ular o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishida tajriba almashish maqsadida Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qilgan edi.

236
2022-09-05 IZBOSKAN TUMANIDA "OQILA AYOLLAR" HARAKATI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Yig‘ilishda turli soha vakillaridan tashkil topgan tuman "Oqila ayollar" harakati aʼzolari ishtirok etib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, rejalar haqida kelishib olindi.

4247
2022-08-29 "OQILA AYOLLAR" HARAKATI JAMIYATNING YETAKCHI KUCHIGA AYLANSIN

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-sonli maktab majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 avgustdagi "Oqila ayollar" harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosiga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularga ezgu g‘oyalarni singdirish muhimligini ta’kidladi.

4410
2022-08-26 "DUGONALAR DAVRASI" NOMLI MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Poytaxtimizdagi "Jar" sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida "Dugonalar davrasi" deb nomlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

4372
2022-08-10 "OQILА АYOLLАR" HАRАKАTI – JАMIYATNI MА'NАVIYATGА YETАKLАYDI

Jamiyatning asosiy tayanchi bu — oila. Oilada maʼnaviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi masʼuliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning oʼrni bor. Bu haqda hattoki Davlatimiz rahbari 8 mart bayrami munosabti bilan xotin-qizlar tabrigida aynan obroʼ-eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega "Oqila ayollar" harakatini tashkil qilishni taklif etib: "Bu harakat tom maʼnoda "mahallaning vijdoni"ga aylanishi kerak. Chunki, maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib boʼlmaydi.

4311
Hududiy boshqarmalar