Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Ozarbayjondagi vakolatxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
227Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini mustahkamlash yo‘lidagi dadil qadamdir. Yaqinda mazkur qonun qabul qilinganiga bir yil to‘ldi.
569Joriy yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuasining Kongress-markazida o‘tkaziladigan “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumiga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda.
779Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida 2024 yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning boy salohiyatidan foydalanish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ular o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishida tajriba almashish maqsadida Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qilgan edi.
965O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaror loyihasi ishlab chiqildi.
982