Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

1997-yil 23-sentabrda Karmana tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Navoiy viloyati Karmana tumani sport maktabi badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi.

Sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanib, respublika va xalqaro maydonlarda bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Xalqaro toifadagi sport ustasi.

2016-yili Navoiy shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2017-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida
1-o‘ringa va O‘zbekiston kubogi bahslarida 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2018-yilda Ukrainaning Kiyev shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashib, Gran-pri sohibi bo‘lgan.

2018-yili Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida
2-o‘rinni egallagan.

2019-yilda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2020-2022-yillarda «Beshta muhim tashabbus» loyihasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida faol qatnashib, yosh sportchilarning mahoratini oshirish maqsadida 30 dan ortiq «Master-klass» mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.

Hozirda mahoratli murabbiy sifatida ham faoliyat ko‘rsatib, yosh sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlab, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga erishmoqda.